O’zbekiston-eron Ilm-fan va Innovatsiya Forumi

B2B Uchrashuv

  • 2022-yil 20-iyul
  • Toshkent

NEGA TADBIRDA ISHTIROK ETISH SIZ UCHUN FOYDALI? Forum haqida

2022-yilning 20-iyul kunlari Oʻzbekiston hukumatining rasmiy taklifiga binoan Eronning savdo va texnologiyalar delegatsiyasi Toshkentga tashrif buyuradi. Delegatsiya tarkibidan qishloq xoʻjaligi biologik pestitsidlari, oʻgʻitlar va uskunalar, chorvachilik, vetenariya va hayvonlar uchun vaksinalar, hayvonlar ozuqasi sanoatida faoliyat yurituvchi hi-tech kompaniyalar hamda ilm-fan va texnologiyalar sohasidagi yuqori martabali vakillar oʻrin olgan.

Ikki mamlakatning har tomonlama uzviy bogʻliq savdo aloqalarini, hamda Oʻzbekiston va Eron davlatlarining kelgusidagi maqsadli strategiyalarini hisobga olgan holda, ikki tomon bilimga asoslangan mahsulotlar orqali savdo va texnologik sohalarda aloqalarni yanada mustahkamlashga e’tiborlarini qaratishmoqda.

Eron va Oʻzbekiston oʻrtasida texnologik bilimlar almashinuvi, qoʻshma korxonalarni tashkil etish, investitsiya jalb qilish va sanoatdagi zarur tovarlar va ehtiyojlarni taʼminlash ushbu tashrif davomida amalga oshiriladigan maqsadli vazifalardan hisoblanadi.

Bundan tashqari, eksport va importni kengaytirishda kelib chiquvchi muammolar, mahsulotlarni yetkazib berish hamda ikki mamlakat oʻrtasidagi moliyaviy toʻlovlarni osonlashtirish ikki mamlakat kompaniyalarining muhokama qilinadigan masalalardandir.

Forum 2022-yil 20-iyul kuni Toshkentga tashrif buyurgan Eron delegatsiyalari va Oʻzbekiston uyushmalari va tashkilotlari, shuningdek, tijorat, ishlab chiqarish va distribyutor kompaniyalari oʻrtasida B2B sessiyalari oʻtkazish uchun yoʻl ochadigan muhim qadamdir. Barcha tashkilotlar va tijorat kompaniyalari Eron va Oʻzbekiston hukumatlari tomonidan tashkil etilgan ushbu forumda ishtirok etishga taklif etiladi.

Eron Islom Respublikasi texnik-muhandislik xizmatlari sohasida koʻplab imkoniyatlarga hamda bu sohada 40 milliard AQSH dollarlik eksport salohiyatiga ega mamlakatdir. MDH mamlakatlari, xususan, Oʻzbekiston energiyaga boʻlgan ehtiyojni qayta tiklanadigan manbalar hisobidan taʼminlash boʻyicha katta istiqbolga ega.

Shuningdek, Eronning qishloq xoʻjaligi, chorvachilik, bino-inshootlar qurilishi, yoʻl qurilishi sohalarida koʻplab bilimga asoslangan kompaniyalari mavjud.

Eron kompaniyalari Oʻzbekistonlik tashkilotlarga hamyonbop narxlarda va yuqori sifatlarda oʻz xizmatlarini taklif qiladi.

Tibbiyot va biotexnologiya sohasida hozirda Eron dorivor ehtiyojining 98 foizini ilgʻor texnologiyalarga asoslangan holda mamlakatda ishlab chiqaradi. Eron farmatsevtika mahsulotlari esa Rossiya, Turkiya, Iroq, Suriya va boshqa Lotin Amerikasi mamlakatlariga eksport qilmoqda.

Eron biotexnologiya sohasida, ayniqsa saraton va yalligʻlanishga qarshi dori-darmonlarni ishlab chiqarish boʻyicha Gʻarbiy Osiyoda birinchi oʻrinda turadi. Shu sababli, qoʻshma korxonalarda birgalikda mahsulotlar ishlab chiqarish yoki eksport qilishda hamda, texnologiyani transferida yuqori salohiyatga ega.

Qishloq xoʻjaligi biotexnologiyasiga kelsak, hozirgi kunda Eronda turli xil biotexnologik oʻg’itlar, pestitsidlar va gibrid urug’larni ishlab chiqarilmoqda.

Shuningdek, qishloq xoʻjaligida chatishtirish va germplazma sohasida Eron institutlari texnologiya transferi va qoʻshma tadqiqotlar uchun yuqori imkoniyatlarga ega.

Eron texnologik firmalari paxta va qand lavlagining gibrid urugʻlarini chatishtirish va yetishtirish sohalarida juda faol va Oʻzbekistonning yuqori talablariga yetarlicha javob boʻla oladi.

Ushbu tadbirda ishtirok etish bepul. Kerakli jadvallarni toʻldirganingizdan soʻng faoliyat sohangiz boʻyicha hamkasblarimiz siz bilan bog‘lanadi va 20-iyul kuni tadbir doirasida uchrashuvlaringizni tashkil qiladi.

Siz ushbu tashkilotchilar tomonidan TAKLIF QILINDINGIZ !

09:00-10:00

Roʻyxatdan oʻtish (check in)

Yuqori martabali mehmonlar va davlat idoralari vakillari ishtirok etishini hisobga olgan holda, sizdan oʻz vaqtida tashrif buyurishingizni soʻraymiz.

10:00-11:30

Ochilish Marosimi

Uzbekistan-Iran Science And Innovation Forum

High-ranking officials from the two countries in attendance, followed by speeches

12:00-16:00

B2B uchrashuv

Oʻzingizga qiziq boʻlgan sohani aniqlashtirib boʻlganingizdan keyin, siz B2B zaliga taklif etilasiz.

During the day: UZBEKISTAN-IRAN SCIENCE AND INNOVATION FAIR

Muammolaringiz yechimi toping!

Eron-Oʻzbekiston aloqalari Ilm-fan va texnologiya sohasida katta qadamdir

Eronning chorvachilik va qishloq xoʻjaligidagi ajoyib imkoniyatlarini oʻrganing. Ular sizning yuqori talablaringizga javob beruvchi texnologiyani baham koʻrish uchun shu yerda!

Oʻzingizga mos boʻlgan biznes hamkor toping Tadbirda ishtirok etuvchi Eronlik kompaniyalar roʻyxati

R.R.A Co.

Agricultural Input and Machinery

Zist Shimi Azma Roshd

Agricultural Input and Machinery

Touba Green Chemical Company

Agricultural Input and Machinery

Pumpiran

Agricultural Input and Machinery

Sirang

Agricultural Input and Machinery

Asian Medicinal Plants Tissue Culture Knowledge Company

Agricultural Input and Machinery, Health

1

Green Biotech

Agricultural Input and Machinery

Royan Tisan Sabz

Agricultural Input and Machinery

New Agro

Agricultural Input and Machinery

1

Karin Farayand Sina

Food Industry

ETDF

Investment Fund

West Asia Steel

Food Industry

Fan-Avaran

Chemicals, Electrical Products

Bepul ro’yxatdan o’tish Tadbirda qatnashish uchun, iltimos anketani to’ldiring

REACH US Get Direction to the Event Hall